Chavusho‘g‘lu Gretsiya Tashqi Ishlar vaziri Nikos Dendias bilan uchrashdi

Chavusho‘g‘lu Afinada Gretsiya Tashqi Ishlar vaziri Nikos Dendias bilan uchrashdi.

1648890
Chavusho‘g‘lu Gretsiya Tashqi Ishlar vaziri Nikos Dendias bilan uchrashdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Gretsiya poytaxti Afinadagi dasturi doirasida Gretsiya Tashqi Ishlar vaziri Nikos Dendias bilan uchrashdi.

Mamlakatdagi tashrifini kecha G‘arbiy Frakiya turklari bilan uchrashish orqali boshlagan Chavusho‘g‘lu bugun Afinada gretsiyalik hamkasbi bilan birga.

Uchrashuv kun tartibida Turkiya - Gretsiya munosabatlari, Sharqiy O‘rta yer va Egey dengizidagi vaziyatlar o‘rin oladi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida Gretsiyaning muhojirlarga bo‘lgan munosabati ham baholanadi.

Chavusho‘g‘lu Gretsiya tashrifi oldidan, “Afinaga ijobiy tusdagi kun tartibi bilan ketyapmiz. Biz ijobiy tusda kuzatgandik, shunday ekan ulardan ham huddi shunday yondashuvni kutamiz”. - degandi.



Aloqador xabarlar