Mustafo Shento’p bugun amaliy tashrif bilan Pokistonga jo’nab ketadi

Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento’p Islomobodda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti parlamentar assambleyasining “Mintaqaviy integratsiya uchun parlamentlararo hamkorlikni qo’llab-quvvatlash” mavzusidagi 2-umumiy konferensiyasida ishtirok etadi.

1648528
Mustafo Shento’p bugun amaliy tashrif bilan Pokistonga jo’nab ketadi

 

Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento’p boshchiligidagi delegatsiya bugun, 31 may kuni amaliy tashrif bilan Pokistonga jo’nab ketadi.

Turkiya delegatsiyasi poytaxt Islomobodda bo'lib o'tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti parlamentar assambleyasining “Mintaqaviy integratsiya uchun parlamentlararo hamkorlikni qo’llab-quvvatlash” mavzusidagi 2-umumiy konferensiyasida ishtirok etadi.

Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento’p dastlab, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti parlamentar assambleyasi ijro qo’mitasi yig’ilishiga qatnashadi. So’ngra, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti parlamentar assambleyasi 2-konferensiyasida ishtirok etadi va tadbirda ma’ruza qiladi.

Mustafo Shento’p tashrif doirasida Pokiston milliy majlis rahbari Asad Kayser, Pokiston senati raisi Muhammad Sodiq Sanjani va Afg’oniston parlamenti raisi Mir Rahmon Rahmoniy bilan uchrashadi.

Bundan tashqari, 2 iyun kuni Islomobodda Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento’p va Ozarbayjon milliy majlis rahbari Sohiba Gafarovaning o’zaro uchrashuvi bo’lib o’tadi.

Mustafo Shento’p tashrif doirasida mamlakat bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashadi va Pokiston prezidenti Orif Alvi tomonidan qabul qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Pokiston , #Mustafo Shento’p

Aloqador xabarlar