Bugun Istanbulning Taksim maydonida ulkan jome’ masjidi ochildi

Tamal toshi 2017 - yilning 17 - fevralida qo‘yilgan jome’ masjidi, Taksim maydonining ramzlaridan biriga aylandi.

1647584
Bugun Istanbulning Taksim maydonida ulkan jome’ masjidi ochildi

Istanbulda bundan 4 yil oldin tamal toshi qo‘yilgan “Taksim” jome’ masjidi, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an ishtirokida Juma namozi bilan ibodatga ochildi.

Tamal toshi 2017 - yilning 17 - fevralida qo‘yilgan jome’ masjidi, Taksim maydonining ramzlaridan biriga aylandi.

Jome’ masjidi, yonida o‘rin olgan Aya Triada yunon pravoslav cherkovi va Taksim maksemi (Istanbulning Beyoglu tumanidagi Istiqlol kochasi bilan Taksim maydoni kesishgan burchakda joylashgan bino) bilan ham Taksim maydoniga alohida butunlik baxsh etmoqda.

Masjidning kirish qismi, zamin va shifti 8 burchakli Saljuqiy naqshlari bilan bezalgan.

XIX asr Beyo‘g‘lu me’morchiligidan ilhomlanib, o‘ziga xos dizayni bilan qurilgan va har bir qismining eng kichik detallariga qadar e’tibor berilgan jome’ masjidida ko‘rgazma maydoni, avtoturargoh, konferentsiya zali oshxonasi va raqamli Islom kutubxonasi ham mavjud.

 

 



Aloqador xabarlar