Prezident Erdo‘g‘an: Islom dushmani kasalligi saraton kasalligidek tez tarqamoqda

Erdo‘g‘an, Birinchi Xalqaro media va islomofobiya simpoziumida nutq so‘zladi.

1645441
Prezident Erdo‘g‘an: Islom dushmani kasalligi saraton kasalligidek tez tarqamoqda

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,

“Dunyoning bir necha nuqtasida ayniqsa G‘arbda islom dushmani kasalligi saraton kasalligidek tez tarqamoqda”. - dedi.

Erdo‘g‘an, Birinchi Xalqaro media va islomofobiya simpoziumida nutq so‘zladi.

Prezident Erdo‘g‘an, Amerika yetakchiligi tomonidan 11 - sentabrdagi hujumlar ortidan boshlatilgan “Musulmonlarni shaytonlashtirish” strategiyasining ko‘plab jamiyat madaniyati tuzilishida zotan mavjud bo‘lgan islom dushmanligi virusini qozg‘aganini qayd etdi.

“Kechagi kungacha ‘marginal’ deb qabul qilingan ba’zi irqchi oqimlarning bugungi kunga kelib siyosat markaziga o‘rnashib olishlari, G‘arb botgan botqoqlikdan qutulish o‘rniga yana - da chuqurga ko‘milishni afzal ko‘rganligidan dalolat beradi". - degan Erdo‘g‘an:

“Ikkinchi Jahon urushi paytida yuz bergan yahudiylar qirg‘inini o‘zlaricha maxsus qavsga olganlar, bu gal nishon taxtasiga musulmonlarni  qo‘ydilar.

Erkinlik yo‘q joyda farovonlikning ham uzoq yasholmasligi haqidagi haqiqatdan yuz ogirganlar aslida islomga emas, balki o‘zlarining kelajagiga dushmanlik qilmoqdalar”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident,

“Musulmonlarga qaratilgan bu yangi irqchilik, g‘arbliklarning o‘zlari tomonidan islomofobiya degan nom bilan yumshatilishni xohlasa ham biz, uning aslida islom dushmanligi ekanini yaxshi bilamiz”. - dedi.

Barcha fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashdan mas’ul davlat organlarining (G‘arbda) deyarli islomga qarshi kurash musobaqasida qatnashayotganini ifoda etgan Erdo‘g‘an.

"(Islomofobiya) G‘arbning bu tahdidning o‘lchamlarini muhokama qilish o‘rniga irqchi va kamsituvchi oqimlar ta’siri ostiga kirishi, ishning qulayiga qochishdan boshqa narsa emasdir”. - deya gapirdi.

Prezident, “Asrlar davomida shaxsan ziyolilaridan foydalangan holda o‘z xalqini islom bilan bir tutgan turk qo‘rquvi bilan voyaga yetkazgan Yevropa, bu orqali siyosiy uyushmasligidan kelib chiqqan muammolarni yashirishga muvaffaq bo‘ldi”. - degan ifodalarga o‘rin bergan holda dunyodagi 7.5 milliarddan ortiq insonning har biriga islomni emas, islom dushmanligining global xavf tug‘dirishi haqida gapirishi kerakligini ta’kidladi.

Erdo‘g‘an, 

"Butun insoniyatning tinchligi, xavfsizligi uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan islomofobiyaning oldini olish bo‘yicha chora - tadbirlar, umumiy aql mexanizmlari orqali amalga oshirilishi kerak”. - dedi.

"(Islomofobiya) Ushbu tahdidga duchor bo‘lgan barcha jamiyat va mamlakatlarning birlashishi va xalqaro maydonda kuchli aloqa tarmog‘ini o‘rnatishi shart”. - degan Erdo‘g‘an o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi:

"Islom dunyosi o‘zaro birdamlikni o‘rnatganida, islomofobiyaga qarshi kurash tez orada o‘z natijasini berishi mumkin. Dunyoning har bir nuqtasidagi vijdonli siyosatchilar, ziyolilar, ommaviy axborot vositasi xodimlari va o‘z din olimlarimizni ushbu kasallikka qarshi safarbar qilishimiz kerak”.



Aloqador xabarlar