Iroqning shimolida qahramon turk askarlaridan biri shahid bo‘ldi

Iroqning shimolida davom etgan Panja - Yildirim amaliyotida bir askar shahid bo‘ldi.

1644638
Iroqning shimolida qahramon turk askarlaridan biri shahid bo‘ldi

Iroqning shimolida davom etgan Panja - Yildirim amaliyotida tamomlash faoliyatlari chog‘ida bir askar shahid bo‘ldi.  

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Panja - Yildirim amaliyoti doirasida 2021 - yilning 23 - mayi kuni ijro etilgan havodan tamomlash faoliyatida qahramon askarlarimizdan biri vertolyotdan tushar chog‘ida tan jarohati olib, tezlik bilan kasalxonaga yetkazib borildi lekin barcha urinishlarga qaramay shahid bo‘ldi”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar ham shahid bo‘lgan askar uchun ta’ziya izhor etib unda:

“Qahramon do‘stimiz 2021 - yilning 23 - mayi kuni shahid bo‘ldi. Shahidimizga shaxsim va Milliy Mudofaa vazirligi a’zolari nomidan Xudodan rahmat, qayg‘uli oilasi va oliyjanob xalqimizga ta’ziya izhor etib, sabir tilayman”. - dedi.



Aloqador xabarlar