Erdo’g’an Pokiston tashqi ishlar vaziri Shox Mahmud Qurayshini qabul qildi
Shox Mahmud Qurayshi Turkiya Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Pokiston Prezidenti Orif Alvining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
1641812
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Pokiston tashqi ishlar vaziri Shox Mahmud Qurayshini qabul qildi.
Chankaya ko’shkida bo’lib o’tgan qabul marosimida Turkiya va Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Erdo’g’an ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va qat’iy sa’y-harakatlari tufayli o‘zaro hamkorlikda erishilgan hozirgi yuksak darajani katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Shox Mahmud Qurayshi Turkiya Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Pokiston Prezidenti Orif Alvining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Qabulda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li ham ishtirok etdi.