Turkiyada 24 mlndan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

Turkiyada 6-may soat 10:30 holatiga ko’ra, 14 mln 352 ming 956 kishi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgan, vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qilganlar soni esa 10 mln 680 kishini tashkil qilmoqda.

1635203
Turkiyada 24 mlndan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

 

Turkiyada koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilganlar soni 10 mlndan oshdi.

Turkiya sog’liqni saqlash vazirligining “Covid-19 vaksinasi haqida ma'lumot platformasi”da o’rin olgan ma’lumotlarga ko’ra, Turkiyada 6-may soat 10:30 holatiga ko’ra, 14 mln 352 ming 956 kishi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgan, vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qilganlar soni esa 10 mln 680 kishini tashkil qilmoqda.

Natijada, koronavirusga qarshi emlanganlarning umumiy soni 24 mln 353 ming 636 nafarga yetdi.

Turkiyada hozirda “Sinovac” va “BioNTech” vaksinalari qo’llanilmoqda, “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi may oyining so’nggi kunlari Turkiyaga yetkazilishi kutilmoqda.

Turkiyada olib borilayotgan mahalliy vaksina bo’yicha faoliyatlar ham jadallik bilan davom etmoqda. Yaqinda Erjiyes Universiteti ilmiy xodimlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan vaksinaning sinov bosqichi boshlanishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #Turkiya

Aloqador xabarlar