Prezident Erdo‘g‘an Qut - ul - Amara zafarining qahramon shahidlarini yodga oldi

Prezident Erdo‘g‘an, Qul - ul - Amara zafarining 105 - yilligida qahramon shahidlarni unutmadi.

1631347
Prezident Erdo‘g‘an Qut - ul - Amara zafarining qahramon shahidlarini yodga oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Turk Qurolli kuchlari yozgan noyob doston, Qut - ul - Amara zafarining 105 - yilligida qahramon shahidlarni rahmat ila yodga oldi.  

Prezident Erdo‘g‘an, Qul - ul - Amara zafarining 105 - yilligida shahidlarni unutmadi.  

Erdo‘g‘an bu haqida ijtimoiy tarmoq hisobida:

“Xalqimiz qalamga olgan noyob doston hisoblangan Qut - ul - Amara zafarining 105 - yilligida qahramon shahidlarimizni rahmat ila yodga olaman”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Iroq jabhasida 1916 - yilning 29 - apreli kuni Turk Qurolli kuchlarining aniq zafari bilan yakun topgan Qut - ul - Amara urushi, Birinchi Jahon urushining eng asosiy muhorabalaridan biri sifatida qabul qilinadi. General - mayor Charlz Vere Ferrers Taunsend qo‘mondonligidagi ingiliz askarlarining taslim bo‘lishi bilan qo‘lga kiritilgan bu zafar, Chanoqqal’adan keyin Birinchi Jahon urushining eng yirik zafaridir.

 

 



Aloqador xabarlar