"Sputnik V" vaksinasi Turkiyada ishlab chiqariladi

Rossiya to’g’ridan-to’g’ri investitsiya fondi va Turkiyaning farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Viscoran” dori firmasi "Sputnik-V" vaksinasini Turkiyada ishlab chiqarish uchun shartnoma imzoladi.

1628964

Qayd etilishicha, yiliga bir necha million doza vaksina ishlab chiqariladi. Hozirda kelgusida ishlab chiqarishni yana-da kengaytirish ehtimoli muhokama qilinmoqda. 

Fondning ma'lumot berishicha, vaksinalar Turkiya ichki bozoriga hamda boshqa mamlakatlarga yetkazib beriladi.

"Sputnik V" – Rossiyaning “Gamaleya” nomidagi Milliy mikrobioligiya va immunologiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan va roʻyxatga olingan dunyodagi birinchi vaksina hisoblanadi.

Bugungi kunda "Sputnik V" vaksinasini qabul qilganlar soni 1 milliondan oshgan va uning samaradorligi 95% ni tashkil qilgan.

“Sputnik V” vaksinasi Rossiya, Vengriya, Belarus, Argentina, BAA, Serbiya, Boliviya, Jazoir, Falastin, Venesuela, Paragvay va Turkmanistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rossiya , #vaksina , #Sputnik V

Aloqador xabarlar