Prezident: “Arman qatliomi tuhmatlariga qarshi haqiqatlarni himoya qilishni davom etamiz”.

Prezident Erdo‘g‘an yetakchiligidagi Oliy maslahat kengashi yangi konstitutsiya, antidemokratik tashabbuslar va arman qatliomi tuhmatlarini qo‘lga oldi.

1626583
Prezident: “Arman qatliomi tuhmatlariga qarshi haqiqatlarni himoya qilishni davom etamiz”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, arman qatliomi haqidagi yolg‘onlarga qarshi haqiqatlarni himoya qilishni davom etishlarini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an yetakchiligidagi Oliy maslahat kengashi yangi konstitutsiya, antidemokratik tashabbuslar va arman qatliomi tuhmatlarini qo‘lga oldi.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi yetakchisi Faxrettin Altun ushbu yig‘ilish haqida batafsil ma’lumot berdi.

Altun yig‘ilishda Prezident Erdo‘g‘anning “Arman qatliomi” iddiolari haqidagi bayonotlarini quyidagicha yetkazdi:

“Hurmatli Prezidentimiz arman qatliomi yolg‘oni va siyosiy hisob - kitoblar asosida bu tuhmatlarni qo‘llab - quvvatlaganlarga qarshi ham haqiqatlarni himoya qilishni davom etishlarini ma’lum qildi”.

Altun Prezident Erdo‘g‘anning boshqa masalalardagi bayonoti haqida esa:

“Hurmatli Prezidentimiz Respublikamizning 100 - yilligini to‘ntarish mohiyatidagi konstitutsiya bilan emas xalqimizning qaroriga tayangan yangi konstitutsiya bilan qarshi olish niyatida ekanliklarini ifoda etdi; yurtimizning ehtiyojlariga, xalqimizning talabiga munosib yangi konsitutsiya yaratish uchun bor kuchlari bilan hormay - tolmay mehnat qilishlarini bildirdi.

Milliy irodani himoya qilish orqali demokratiyaga qarshi har qanday tashabbus va harakatlar oldida qat’iy qaror bilan kurash olib borishlarini ta’kidlagan Hurmatli Prezidentimiz, Turkiyaning rivojlanish tomon tashlayotgan shaxdam qadamlarini hech kimning to‘xtatolmasligini bildirdi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Faxrettin Altunning qayd etishicha yig‘ilishda, “arman qatliomi” tuhmatiga qarshi tashlanadigan qadamlarni ham baholagan kengash a’zolari shuningdek, Gretsiyaning Kipr, Sharqiy O‘rta yer dengizi va Egey borasidagi salbiy tusdagi munosabati bilan G‘arbiy Frakiyadagi ozchichilik turklarga qarshi qo‘l urilgan bosimlarini ham muhokama qilgan. Altun:

“Kengash a’zolari Turkiya uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi konstitutsiyaning yurtimiz ittifoqi, kuchi, barqarorligi, xavfsizligi va yutuqlarini mustahkamlovchi asosda va imkon qadar keng murosaga kelish jarayoni bilan tayyorlanishi haqidagi fikrini bayon etdi.

Demokratiyamizni ko‘rolmagan anti - demokratik zehn vakillari har qanday sifatlar bilan o‘zlarini haligacha namoyon etganliklarini yodga solgan kengash a’zolari, Turkiyaning 2002 - yildan keyin boshdan kechirgan demokratiyalashish qadamlarining ahamiyatiga e’tibor qaratgan holda, 15 - iyuldagi to‘ntarish tashabbusi paytida xalqimizning siyosiy irodasini qanday himoya qilganini butun dunyoga ko‘rsatgani shu bois ham to‘ntarish havaskorlarining bundan buyon aslo kutganini ololmasligini ta’kidlarilar”. - dedi.



Aloqador xabarlar