Hulusi Akar Afg'onistonga bag'ishlangan NATO anjumanida ishtirok etdi

NATOga a’zo davlatlarning mudofaa va tashqi ishlar vazirlari ishtirokida videokonferensiya shaklida bo’lib o’tgan anjuman Afg‘onistondagi vaziyatni tinchlik yo‘li bilan tartibga solish masalasiga bag’ishlangan.

1621695
Hulusi Akar Afg'onistonga bag'ishlangan NATO anjumanida ishtirok etdi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar NATOga a’zo davlatlarning mudofaa va tashqi ishlar vazirlari ishtirokida videokonferensiya shaklida bo’lib o’tgan anjumanida ishtirok etdi.

Mazkur anjuman Afg‘onistondagi vaziyatni tinchlik yo‘li bilan tartibga solish masalasiga bag’ishlangan.

Turkiya milliy mudofaa vazirligining twitterdagi sahifasida ma’lum qilinishicha, anjumanda Afg’onistonda xavfsizlikni ta’minlash, vaziyatni tinchlik yo‘li bilan tartibga solish va NATOning Afg’oniston bo’yicha siyosati muhokama qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #NATO , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar