Prezident Erdo‘g‘an Darghining bayonotlarini, “beparvolik, tarbiyasizlik” deb baholadi

Prezident Erdo‘g‘an Italiya Bosh vaziri Mario Darghining bayonotlarini, “beparvolik, tarbiyasizlik” deb baholadi.

1621452
Prezident Erdo‘g‘an Darghining bayonotlarini, “beparvolik, tarbiyasizlik” deb baholadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Italiya Bosh vaziri Mario Darghining shaxsi haqidagi bayonotlarini, “beparvolik, tarbiyasizlik” deb baholadi.

Erdo‘g‘an, “Kutubxona suhbatlari” deb nomlangan tadbir doirasida Xalq kutubxonasida yoshlar savoliga javob berar ekan, Italiya Bosh vazirining shaxsini “diktator” deb atashiga,

“O‘z tarixidan xabari yo‘q” deb izoh qoldirdi.

Italiya Bosh vaziri bergan bayonotning butunlay beparvolik va tarbiyasizlik ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an,

“Turkiya - Italiya munosabatlarining endi - endi yaxshi tomonga o‘zgarishidan umid qilayotgandik lekin bu Draghi degan inson bu bayonot orqali o‘rtamizdagi munosabatlarga bolta urdi. Zotan sen u yerga tayin qilinding, saylov orqali saylanib kelgan kishi emassan. Tayyip Erdo‘g‘anga qarshi bunday ifodani ishlata olishing uchun sening o‘z tarixingdan xabardor bo‘lishing lozim lekin ko‘rib turganimizdek bexabarsan”. - deya gapirdi.



Aloqador xabarlar