Prezident Erdo‘g‘an Shushaga tashrif uyushtirmoqchi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Shushaga tashrif uyushtirmoqchi.

1612195
Prezident Erdo‘g‘an Shushaga tashrif uyushtirmoqchi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjonning arman ishg‘olidan qutqarilgan Shusha shahriga tashrif uyushtirmoqchi ekanini ma’lum qildi.

Prezident Erdo‘g‘an Turk kengashining Davlat rahbarlari sammitiga Istanbuldagi Vaxdettin ko‘shkidan jonli efir orqali ishtirok etdi.

Erdo‘g‘an unda so‘zlagan nutqida:

“Dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlar, Turk kengashi kabi hamkorliklar ahamiyatini yana - da orttirmoqdadir. 12 yillik jarayonda institutsional tus olgan Turk kengashining xalqaro e’tibori ham yuqoridir. Shunday ekan kengashimizni xalqaro tashkilot deb nomlash vaqti kelganiga ishonchim komil”. - dedi.

“Aziz qardoshim, Hurmatli (Ozarbayjon Prezidenti) Ilhom Aliyev huzurida barcha ozarbayjonlik qardoshlarimni Tog‘li Qorabog‘dagi g‘alabalari bilan yana bir bor tabriklayman”. - degan Erdo‘g‘an,

“Qorabog‘dagi Turk meroslarining himoya qilinishi va qayta tiklanishi uchun barcha imkonlarimiz bilan Ozarbayjonning yonida bo‘lishni davom etishimiz muhimdir. Eng qisqa vaqtda, Ramazon bayramidan (13 - 15 may) keyin Shushaga tashrif uyushtirib, Shushada yangi bayram nishonlaylik” . - deya gapirdi.  

Kipr masalasiga ham to‘xtalgan Erdo‘g‘an,

“Birgalikda Kipr turklarini ular loyiq o‘ringa olib kelishimizga ishonchim komil”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

“Erdo‘g‘an, Turk kengashining navbatdagi sakkizinchi sammitini yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi shartlariga qarab, shu yilning 12 - noyabrida Istanbulda uyushtirish umidida ekanliklarini qayd etdi.  



Aloqador xabarlar