Bugun koronavirusga qarshi kurashish bo’yicha Respublika maxsus komissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tadi
Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi Fahriddin Ko’ja raisligida o'tkaziladigan yig’ilishida Turkiyada koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish bo’yicha chora-tadbirlar muhokama qilinadi.
Bugun global xatar – koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo’yicha Respublika maxsus komissiyasi Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi Fahriddin Ko’ja raisligida yig’ilish o’tkazadi.
Mazkur yig’ilish koronavirus pandemiyasi sababli bugun Turkiya vaqti bilan soat 17:00da videoanjuman shaklida o‘tkaziladi.
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig’ilishida Turkiyada koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish bo’yicha chora-tadbirlar muhokama qilinadi.
Shuningdek, oxirgi vaqtlarda koronavirusning tarqalish darajasi keskin oshishi, shaharlararo olingan cheklov choralari, infektsiyaning yangi shtammi tarqalishi munosabati bilan aholini emlash bo’yicha chora-tadbirlar va vaksina yetkazish masalalari yig’ilish kun tartibining ustuvor masalalarini tashkil qiladi.
Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi Fahriddin Ko’ja yig’ilish yakuni bo’yicha bayonot berishi kutilmoqda.