Faxriddin Altun "Turk dunyosining o'tmishi, buguni va kelajagi" nomli simpoziumda ishtirok etdi

Qirg'iziston poytaxti Bishkekda Qirg'iziston-Turkiya Manas universiteti va Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi (TÜRKPA) tomonidan tashkil etilgan "Turk dunyosining o'tmishi, buguni va kelajagi" nomli simpozium bo'lib o'tdi.

1603886
Faxriddin Altun "Turk dunyosining o'tmishi, buguni va kelajagi" nomli simpoziumda ishtirok etdi

 

Qirg'iziston poytaxti Bishkekda Qirg'iziston-Turkiya Manas universiteti va Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi (TÜRKPA) tomonidan tashkil etilgan "Turk dunyosining o'tmishi, buguni va kelajagi" nomli simpozium bo'lib o'tdi.

Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti rahbari Faxriddin Altun simpoziumga videomurojaat yo’lladi.

Faxriddin Altun  turk xalqi tarixda bir qator davlatlarga asos solganini va o'z mustaqilligini asrab-avaylaganini ta'kidlab, asrlar davomida o'z qadriyatlarini saqlab qolgan turk millatining farzandi bo'lishdek katta baxtga muyassar ekanligini aytdi.

Faxriddin Altun  o’z nutqida 2021 yilda turkiy tilli davlatlar o’z mustaqilligining 30 yilligini, Turkiya Respublikasi esa 100 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rayotganligiga diqqat qaratdi.

U shuningdek, turkiy tilli xalqlarning bir-birini qo'llab-quvvatlashi hamda yaxshi va yomon kunda bir-birining yonida turishi zarurligini ta’kidladi.

“Biz Bosniyadan Somaligacha bo'lgan qator hududlarda tinchlik uchun qanday xizmat qilgan bo’lsak, xuddi mana shu sabablarga ko'ra biz hozirda Liviyaning qonuniy hukumatini qo'llab-quvvatlamoqdamiz. 2019 yilda Turkiya va Liviya o'rtasida erishilgan kelishuv natijasida nafaqat ikki davlat, balki mintaqadagi barcha davlatlarning huquqlari himoya qilindi.

Shartnoma asosida Xaftarning xorijiy kuchlari tomonidan qo’llab quvvatlangan hujumlari to’xtatildi va ularning jinoyatlari fosh etildi. Shu tarzda Turkiya butun dunyoga faqatgina adolatni qo'llab-quvvatlashini yana bir bor namoyish etti”,-dedi u.

U o'z navbatida Turkiya Kavkaziya va Markaziy Osiyodagi birodarlarini har doim qo'llab-quvvatlashini ta’kidlab o’tgan.

Faxriddin Altun  Qirg'iziston-Turkiya Manas universiteti mushtarak til va g'oyalarini yoshlarga yetkazib berishda katta ahamiyatga ega ekanligiga alohida e’tibor qaratgan. U tadbirni tashkillashtirgan Qirg'iz-Turk Manas universitetiga minnatdorchilik bildirdi va turkiy tilli xalqlar o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga hissa qo'shadigan barcha institutlarni qo'llab-quvvatlash zarurligini ta'kidladi.



Aloqador xabarlar