Turkiyada 12 mln 421 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

“COVID-19 pandemiyasi kelgusi yillarda emas, balki kelgusi oylarda global muammo bo’lishdan chiqadi. Insoniyat 2020 yildagi umidsizlikni yengib chiqdi. 2021 yil umid va zafar yili bo’ladi”,-dedi Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja.

1603529
Turkiyada 12 mln 421 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

 

Turkiyada kelgusi haftadan boshlab 60-65 yosh fuqarolar koronavirusga qarshi emlanadi.

Bu haqda Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja ma’lum qildi.

“COVID-19 pandemiyasi kelgusi yillarda emas, balki kelgusi oylarda global muammo bo’lishdan chiqadi. Insoniyat 2020 yildagi umidsizlikni yengib chiqdi. 2021 yil umid va zafar yili bo’ladi”,-dedi Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja.

Vazirning ta’kidlashicha, Turkiya vaksina bilan ta’minlash xususida yuzaga kelishi ehtimol bo’lgan muammolarni oldindan bilib, ertaroq chora ko’rishni boshladi.

“Hozirda biz Xitoy vaksinasidan foydalanyabmiz. BioNTech vaksinasidan ham sotib oldik va 5800 dozasi mamlakatimizga yetib keldi. Bu oyda yana 4.5 mln doza vaksina olib kelinadi. BioNTech vaksinasi maxsus testlardan o’tkazilgach, navbati kelgan fuqarolarimizga emlashni boshlaymiz. Kelgusi haftadan boshlab 60-65 yosh fuqarolarni koronavirusga qarshi emlash boshlanadi”,-dedi Fahriddin Ko’ja.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiyada tibbiyot xodimlari va 65 yoshdan kattalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi. Turkiyada shu kungacha 12 mln 421 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi. Vaksinaning birinchi dozasini qabul qilganlar soni 8 mlnga yaqinlashdi, 4 mln 430 mingdan ortiq kishi vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qildi.


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #koronavirus , #Turkiya

Aloqador xabarlar