Turkiya Nigeriyadagi terror hujmini keskin qoraladi

Turkiya Nigeriyada Boko Haram terror tashkiloti tomonidan qo‘l urilgan hujumni keskin qoraladi.

1601194
Turkiya Nigeriyadagi terror hujmini keskin qoraladi

Turkiya Nigeriyaning Borno shtatining Gudumbali mintaqasida, Boko Haram terror tashkiloti tomonidan qo‘l urilgan terror hujmini keskin qoralaganini bildirdi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra, 12 - mart kuni harbiy konvoylardan biriga qarshi qo‘l urilgan terror hujmida 19 askarning halok bo‘lishi va 13 askarning tan jarohati olishi haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan olingani qayd etildi.  

Bayonotda,

“Bu dahshatli terror hujmini keskin qoralaymiz. Halok bo‘lganlar oilasi bilan do‘st va qardosh Nigeriya xalqi va hukumatiga chuqur ta’ziya izhor etib, tan jarohati olganlarga shifo tilaymiz”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Nigeriya , #Boko Haram

Aloqador xabarlar