O‘n minglab inson Prezident Erdo‘g‘anni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Prezident Erdo‘g‘an, 67 yoshida!

1591041
O‘n minglab inson Prezident Erdo‘g‘anni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
erdoğan.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning tug‘ilgan kunini ijtimoiy tarmoqdan o‘n minglab inson qutladi.

Erdo‘g‘anning 67 - tug‘ilgan kuni Twitterda eng ko‘p e’tibor berilgan mavzuga aylandi.

Prezident Erdo‘g‘anning tug‘ilgan kuni munosabati bilan Twitterda "#İyikiDoğdunMilletinAdamı" (Yaxshiyam tug‘ilding xalq insoni) degan xeshteg bilan o‘rtoqlashilgan postlar, ko‘p o‘tmay o‘n  minglab kishi tomonidan qo‘llab - quvvatlandi.

Emine Erdo‘g‘an, turmush o‘rtog‘i Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning 67 - tug‘ilgan kunini, qo‘l ushlashib tushgan fotosuratlari bilan qutladi.

Adolat va taraqqiyot partiyasi (Ak parti) ham Erdo‘g‘anning 67 - tug‘ilgan kunini tabriklab, maxsus videolavha tayyorladi.

Adolat vaziri Abdulhamit Gul, Ichki Ishlar vaziri Suleyman So‘ylu, Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi yetakchisi Faxrettin Altun va Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin ham ijtimoiy tarmoq orqali Erdo‘g‘anni, tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar