Chavusho‘g‘lu bilan Blinken telefon orqali muloqat qildi

Blinken Chavusho‘g‘luga ta’ziya izhor etdi.

1584162
Chavusho‘g‘lu bilan Blinken telefon orqali muloqat qildi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqat qildi.

Blinken Chavusho‘g‘luga, Garada shahid qilingan 13 nafar Turk fuqarosi uchun ta’ziya izhor etib, bundan PKK terror tashkilotining javobgar ekanini yetkazdi.

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko‘ra o‘zaro munosabatlar qo‘lga olingan ushbu uchrashuvda Chavusho‘g‘lu Blinkenni, yangi vazifasi munosabati bilan tabriklagan.

Chavusho‘g‘lu bilan Blinken ba’zi mintaqaviy masalalar bilan Fetullahchi terror tashkiloti, PKK/ PYD, terrorizmga qarshi kurash, (Turkiyaning Rossiyadan xarid qilib olgan) S - 400 (zanit raketa tizimi), Suriya va Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasini ham qo‘lga olgan.

AQShning yangi yetakchiligi bilan o‘zaro hurmat asosida ochiq va samimiy muloqatni rivojlantirishda kelishib olingani ta’kidlangan uchrashuvda, AQSh tomonining oxirgi vaqtda bergan bayonotlari sababli bezovta bo‘lingani ham aytib o‘tilgan.

Bayonotda shuningdek, vazirlarning keyingi kunlarda kun tartibidagi barcha mavzularni batafsil olaroq qo‘lga olish masalasida kelishib olgani bildirildi.

AQSh Davlat departamenti tomonidan ushbu uchrahsuv haqida berilgan bayonotda esa, “Blinken bilan Chavusho‘g‘lu Suriyadagi urushning siyosiy yo‘llar orqali to‘xtatilishidagi yordam va hamkorlikni mustahkamlash masalasida kelishib oldi”. - deyildi.

 

 



Aloqador xabarlar