Mustafa Shentop hammani PKKni qoralashga chaqirdi

Mustafa Shentop hammani PKK terror tashkilotini qoralashga chaqirdi.

1583614
Mustafa Shentop hammani PKKni qoralashga chaqirdi
super foto cavusoglu.jpg
sentop.jpg

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shentop, hammani PKK terror tashkilotini qoralashga chaqirdi.

TBMM raisi Mustafa Shentop ijtimoiy tarmoq hisobidan mavzu haqida bergan bayonotida, Iroqning Gara mintaqasida PKK terror tashkiloti tomonidan 13 nafar Turk fuqarosining shahid qilinishiga munosabat bildirdi.

Bayonotda PKKni, “Ollox tomonidan lanatlangan terror tashkiloti” deb ta’riflagan Shentop, “Uning ismini emas balki olmoshini talaffuz qilgandik. Ismini talaffuz qilishni muammoli deb topganimiz yoki chekinganimizdan emas. PKKga va barcha hamkorlariga takror lanat; ming marta lanat... Marhamat...” - degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu ham Iroqning Gara mintaqasida PKK terror tashkiloti tomonidan 13 nafar Turk fuqarosinig shahid qilinishiga G‘arbning jimjirt o‘tirishiga e’tiroz bildirdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu ijtimoiy tarmoq Twitter hisobidan turk va ingiliz tilida qoldirgan postida,

“G‘arbning terrorizm bilan aloqali ikki yuzlamachiligi va mening terroristim yomon, sening terroristing yaxshi degan tushunchasi davom etmoqda”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Tashqi Ishlar vaziri Chavusho‘g‘luning ushbu postidan qariyb 5 soat o‘tgach Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat departamenti, shahid qilingan 13 nafar Turk fuqarosi uchun ta’ziya izhor etdi.



Aloqador xabarlar