Kalin: “AQSh, PYD va YPGga yordam berishni to‘xtatishi kerak”.

Ibrahim Kalimn, Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining TRT Haber telekanalidagi jonli efirda ishtirok etib, kun tartibi haqidagi savollarga javob berdi.

1582382
Kalin: “AQSh, PYD va YPGga yordam berishni to‘xtatishi kerak”.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin Amerika Qo‘shma Shtatlarining PYD va YPG terror tashkilotiga yordam berishni to‘xtatishi kerakligini qayd etdi.

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining TRT Haber telekanalidagi jonli efirda ishtirok etib, kun tartibi haqidagi savollarga javob bergan Kalin, Jo Bayden yetakchiligining bir necha yangi va’dalar va Donald Tramp davridan keyin yangi qadamlar tashlashlari haqida bayonotlar berganini bildirdi.

Kalin, o‘tgan hafta Baydenning Milliy Xavsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sullivan bilan telefon orqali muloqat qilgani va unda mubohasali mavzularni qo‘lga olganliklarini ifoda etdi.

YPG/ PYDga yordam berilishi va Fetullahchi terror tashkiloti (FETÖ) ning AQShdagi faoliyatiga ko‘z yumilishi Turkiya jihatidan milliy xavfsizlik masalasi ekanini ta’kidlagan Kalin, Turkiyaning qat’iy qarori orqali AQSh va boshqa davlatlarning qo‘llab - quvvatlashi bilan Suriyaning shimolidagi PYD va YPG nazoratidagi bir terror yo‘lagining tashkil etilishiga monelik qilinganini ta’kidladi.  

Kalin,

“AQShning PYD va YPG terror tashkilotiga bergani yordamini to‘xtatishi, FETOning u yerdagi faoliyatiga ‘bas’ deyishi kerak”. - dedi.

Ibrahim Kalin, Turkiya bilan AQShning muammolarni o‘zaro hurmat prinsibi asosida hal qila olishini ifoda etdi.  

Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat departamentining O‘sman Kavalaning ozod etilishi haqidagi chaqirig‘i haqidagi savolga Ibrahim Kalin quyidagicha javob berdi:

“Sud jarayoni davom etmoqda. Amerika doxil dunyoning barcha davlati buni hurmat qilishga majbur. Amerika yoki dunyoning boshqa bir davlatida sud jarayoni davom etar ekan biz sud qaroriga ta’sir qiluvchi tusda bayonotlar bermaymiz. Shunday ekan ularning ham sud jarayonini hurmat qilishi kerak”.


Tanlangan kalimalar: #Ibrahim Kalin , #AQSh , #FETÖ , #YPG/ PYD

Aloqador xabarlar