Erdo’g’an Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Michotakisni tanqid qildi

Erdo’g’an:"Sen bunday qo’pollik qilsang, biz sen bilan nimaga ko’rishaylik?  Sen oldin haddingni bil! Agar bilmasang, muzokaralardan qochding demakdir. Agar vaziyat shunday davom etadigan bo’lsa, biz sen bilan muzokara qilmaymiz".

1580961
Erdo’g’an Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Michotakisni tanqid qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an hukmron Ak partiya majlisida Turkiya va Gretsiya o’rtasidagi muammolarga to’xtaldi.

Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Michotakisga murojaat qilgan Erdo’g’an: “O’zaro muammolarimizni muhokama qilaylik dedim, biroq Michotakis bayonot bilan chiqdi va bizga dag’dag’a qila boshladi. Sen bunday qo’pollik qilsang, biz sen bilan nimaga ko’rishaylik?  Sen oldin haddingni bil! Agar bilmasang, muzokaralardan qochding demakdir. Agar vaziyat shunday davom etadigan bo’lsa, biz sen bilan muzokara qilmaymiz. Sen ba’zilarga ishonyabsan. Shuni bilki, ishongan tog’larga qor yog’adi. Hech biridan senga foyda kelmaydi. Biz o’z masalamizni o’zimiz hal qilamiz. Shu sababli, otashin turklarni yaxshi tanib qo’ygin!” ,-dedi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Turkiya bundan buyon Kiprdagi turklarning yarim asrdir Orolda davom etayotgan muammolardan jabrlanishiga yo’l qo’ymaydi. Buni butun dunyo bilishi kerak.

“Oroldagi qilmishlaringiz barchaga ayon. Siz kimga ishonyabsiz? Ba’zi joylardan sizlarga yordam keladi, bunga ishonyabsizmi? Agar bunga ishonayotgan bo’lsangiz adashasiz! Shuni bilingki, Turkiya tik turibdi va vaqti kelganda nima qilishni yaxshi biladi”,-dedi Turkiya prezidenti.

“Yunon va Rum tomonining bayonotlariga qaraganda Kiprdagi turklarga nisbatan munosabat hamon o’zgarmadi. Endi ikki davlatli yechimdan boshqa chora qolmadi. Xoh tan oling, xoh tan olmang!”,-deb ilova qilgan Erdo’g’an.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Gretsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar