Turkiya Myanmadagi harbiy to’ntarishni qoraladi

Bayonotda Turkiya Myanma qurolli kuchlarining mamlakat boshqaruvini qo’lga olganligidan xavotirda ekanligi qayd etildi. Turkiya har qanday harbiy to’ntarish va isyonga qarshi ekanligi ma’lum qilindi.

1575159
Turkiya Myanmadagi harbiy to’ntarishni qoraladi

 

Turkiya Myanmadagi harbiy to’ntarishni qoraladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

Bayonotda Turkiya Myanma qurolli kuchlarining mamlakat boshqaruvini qo’lga olganligidan xavotirda ekanligi qayd etildi. Turkiya har qanday harbiy to’ntarish va isyonga qarshi ekanligi ma’lum qilindi.

“Myanmada qo’lga olingan barcha davlat yetakchilari va siyosiy vakillarning darhol qo’yib yuborilishini kutib qolamiz. Ushbu voqealar Myanmada og’ir sharoitlarda kun kechirayotgan Rohinya musulmonlarining ahvolini yana-da yomonlashtirmasligidan umidvormiz”,-deyiladi Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.


Tanlangan kalimalar: #harbiy to'ntarish , #Myanma , #Turkiya

Aloqador xabarlar