Turkiya, Ozarbayjon bilan Turkmanistonning yangi hamkorligidan xursand

Turkiya, Ozarbayjon bilan Turkmanistonning Kaspiy dengizi masalasi ustidan tuzgan shartnomasidan xursand.

1569123
Turkiya, Ozarbayjon bilan Turkmanistonning yangi hamkorligidan xursand

Turkiya, Ozarbayjon bilan Turkmanistonning Kaspiy dengizi masalasi ustidan tuzgan shartnomasidan xursand.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan Ozarbayjon va Turkmanistonning Kaspiy dengizida “Do‘stlik” deb atalgan uglevodorod konini birgalikda izlashtirish va rivojlantirish ustidan kelishib olinganidan Turkiyaning xursand bo‘lgani ma’lum qilindi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, ushbu shartnomaning ikkala mamlakatning do‘stligini mustahkamlashi tilagi bildirildi.

Shartnomaning do‘st va qardosh Turkmaniston bilan Ozarbayjon xalqlariga xayrli bo‘lishi, mintaqa tinchligi va barqarorligiga ijobiy hissa qo‘shishi tilagi ifoda etilgan bayonotda, uning Turkiya bilan Yevropaning energiya xavfsizligini orttiruvchi loyihalarning ham yo‘lini ochishi orzusi yetkazildi.

Turkmanistonda “Serdar”, Ozarbayjonda esa “Kepez” degan nom ostida tanilgan konning qaysi mamlakatga oid ekani va qanday ishlatilishi masalasi uzoq yillardan buyon ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik tusda muammolar yaratayotgandi.

Kaspiy dengizida, Ozarbayjon va Turkmanistonga oid sohalarning qoq markazida joylashgan konning qariyb 60 million tonna neft zaxirasiga ega ekani tahmin qilinmoqda.

 



Aloqador xabarlar