Turkiya Nigerda ro’y bergan terrorchilik harakatini qoraladi

“Nigerning Chad bilan chegaradosh Diffa hududida sodir etilgan terrorchilik harakatida 4 askar halok bo’lganligi va 8 askar jarohatlanganligidan boxabar bo’ldik. Do’st va qardosh Niger hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya izxor etamiz",-deyiladi bayonotda.

1567134
Turkiya Nigerda ro’y bergan terrorchilik harakatini qoraladi

 

Turkiya Niger Respublikasida ro’y bergan terrorchilik harakatini qoraladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Niger Respublikasining Chad bilan chegaradosh Diffa hududida sodir etilgan terrorchilik harakatida afsuski, 4 askar halok bo’lganligi va 8 askar jarohatlanganligidan boxabar bo’ldik. Ushbu terrorchilik harakatini qoralaymiz. Do’st va qardosh Niger hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya izxor etamiz. Halok bo’lganlarning oilalariga hamdardlik bildiramiz, yaradorlarga shifo tilaymiz”,-deyiladi bayonotda.

19 yanvar kuni Nigerning Chad bilan chegaradosh Diffa hududida terror tashkiloti Boko Harom tomonidan terrorchilik harakati sodir etilgandi. Harbiy vosita o’tib ketayotgan vaqtda bomba portlatilgandi. Portlashda 4 askar halok bo’lgandi, 8 askar tan jarohati olgandi.


Tanlangan kalimalar: #terrorchilik harakati , #Niger , #Turkiya

Aloqador xabarlar