Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li ertaga Belgiyaga safar qiladi

Mavlud Chavusho’g’li ikki kunlik amaliy tashrifi chog’ida Yevropa kengashi, Yevropa komissiyasi mulozimlari va Yevropa parlamenti vakillari bilan uchrashadi.

1566872
Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li ertaga Belgiyaga safar qiladi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li ertaga 20 yanvar kuni Belgiyaga safar qiladi.

Mavlud Chavusho’g’li safari chog’ida Yevropa kengashi, Yevropa komissiyasi mulozimlari va Yevropa parlamenti vakillari bilan uchrashadi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Belgiya bosh vaziri o’rinbosari, tashqi ishlar, Yevropa ishlari, tashqi savdo va federal madaniy muassasalardan mas’ul vazir Sophie Wilmes va NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan uchrashib, ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qiladi”,-deyiladi bayonotda.

Mavlud Chavusho’g’li Belgiyaga tashrifini 22 yanvarda yakunlaydi.


Tanlangan kalimalar: #Belgiya , #Mavlud Chavusho'g’li , #Turkiya

Aloqador xabarlar