Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyadagi islohotlar va olib borilayotgan siyosat haqida gapirdi

Prezident shuningdek, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Erdo‘g‘an partiyasining navbatdagi Manisa, Aydin, Mardin, Adiyaman, Kilis, Bingo‘l, Bitlis, Elazig‘ va Mush viloyat kongresslariga Istanbuldagi Vahdettin ko‘shkidan online tarzda ishtirok etdi.

1565949
Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyadagi islohotlar va olib borilayotgan siyosat haqida gapirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyaning potensial sarmoyasining investitsiya, ishlab chiqarish, o‘sish, bandlik va eksportga yonaltirilgan yondashuv bilan safarbar qilganliklarini qayd etdi.

Prezident shuningdek, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Erdo‘g‘an partiyasining navbatdagi Manisa, Aydin, Mardin, Adiyaman, Kilis, Bingo‘l, Bitlis, Elazig‘ va Mush viloyat kongresslariga Istanbuldagi Vahdettin ko‘shkidan online tarzda ishtirok etdi.  

Erdo‘g‘an unda,

“Xalqimizning har bir a’zosiga har doim yonida ekanimizni ko‘rsatuvchi ko‘plab dasturlar amalga oshirdik”. - dedi.

Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, iqtisodiyotda kuchli o‘sish qayd etish maqsadida kerakli islohotlarni olib borganliklari va rivojlantirgan siyosatlarini qarorlilik bilan yo‘lga qo‘yganliklarini ifoda etdi.

“Ta’lim - tarbiya, sog‘likni saqlash, transport, elektr energiyasi, sanoat, savdo kabi har tarmoqda yangi jarayonga muvofiq faoliyatlar olib bormoqdamiz”. - degan Prezident Erdo‘g‘an,

“Yurtimizning potensial sarmoyasini investitsiya, ishlab chiqarish, o‘sish, bandlik va eksportga yonaltirilgan yondashuv bilan ishga tushirmoqdamiz”. - deya gapirdi.  

Erdo‘g‘an so‘zlari yakunida,

“Turkiyaning mintaqaviy va global kuchi ko‘tarilar ekan yurtimizni nishonga olgan hujumlarning ham ortgani haqiqatdir”. - dedi.



Aloqador xabarlar