Hulusi Akar amaliy tashrif bilan Bog‘dodga jo‘nab ketdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar amaliy tashrif bilan Iroq poytaxti Bog‘dodga jo‘nab ketdi.

1565750
Hulusi Akar amaliy tashrif bilan Bog‘dodga jo‘nab ketdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar amaliy tashrif bilan Iroq poytaxti Bog‘dodga jo‘nab ketdi. Akarga, Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab boshqarmasi raisi general Yashar Guler hamrohlik qilmoqda.

Hulusi Akar bilan general Yashar Gulerning ushbu tashrif chog‘ida Iroq Prezidenti Barham Solih, Bosh vazir Mustafa al - Kozimiy, Mudofaa vaziri Juma Anad doxil iroqlik ba’zi rasmiylar bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda.

Akarning Bog‘dodga bo‘lgan tashrifining eng asosiy sababi terrorga qarshi kurashda Turkiya va Iroq o‘rtasidagi hamkorlikdir.


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #Yashar Guler , #Bog‘dod

Aloqador xabarlar