Turkiyada Somalidan kelgan harbiy xizmatchilar malaka oshirmoqda

Harbiy xizmatchilar Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi barcha kuch tuzilmalarining malaka oshirish kurslarida qatnashadilar. Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

1558025
Turkiyada Somalidan kelgan harbiy xizmatchilar malaka oshirmoqda

 

Turkiya va Somali o’rtasida imzolangan harbiy hamkorlik to’g’risidagi bitim asosida, Somalidan Turkiyaga kelgan 150 nafar harbiy xizmatchi malaka oshirish imkoniyatidan foydalanmoqda. Harbiy xizmatchilar Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi barcha kuch tuzilmalarining malaka oshirish kurslarida qatnashadilar.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Somali qurolli kuchlari safida xizmat qilgan 150 nafar harbiy xizmatchi Isparta viloyatidagi Terrorizmga qarshi kurash bo’yicha maxsus tayyorgarlik o'quv markazida tashkil etilgan malaka oshirish faoliyatida ishtirok etmoqda. Oʻquv kurslari Mudofaa vazirligining tajribali harbiy xizmatchilari tomonidan olib borilmoqda.

“2020 yil 21 dekabrda boshlangan malaka oshirish o'quv jarayonlari qizg'in davom etmoqda”,-deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #Somali , #Turkiya

Aloqador xabarlar