Chavusho‘g‘lu: “Sanksiya, bizning mustaqillik haqqimizga qarshi uyushtirilgan hujumdir”.

Chavusho‘g‘lu, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) ning Turkiya haqidagi sanksiya qarorlarini baholadi.

1554138
Chavusho‘g‘lu: “Sanksiya, bizning mustaqillik haqqimizga qarshi uyushtirilgan hujumdir”.

Tashqi Ishlar vaziri Chavusho‘g‘lu, Turkiyaning sanksiyalar orqali ortga tisarilmasligidan hammaning xabardor ekanini qayd etdi.

Turkiya - Rossiya mushtarak strategik rejalash guruhining navbatdagi (8) yig‘ilishi uchun bugun Rossiyada bo‘lgan Mevlut Chavusho‘g‘lu rus kasbdoshi Sergey Lavrov bilan Sochi shahrida mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Chavusho‘g‘lu unda Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) ning Turkiya haqidagi (Rossiyadan S - 400 zanit raketa tizimi xarid qilib olgani uchun) sanksiya qarorlarini baholadi.

“Bu sanksiya bizning mustaqillik haqqimizga qarshi uyushtirilgan hujumdir”. - degan ifodalarga o‘rin bergan Chavusho‘g‘lu, “Sanksiyalar orqali ortga tisarilmasligimizni hamma biladi”. - dedi.

O‘z so‘zida Turkiyaning Liviyaga bo‘lgan yordamiga ham to‘talgan Chavusho‘g‘lu:

“Boshqa davlat yoki kimningdir (Liviyaning sharqidagi norasmiy qurolli kuchlar lideri) Xafter doxil, “Turkiya tark etsin” deyishga haqqi yo‘q”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi kurash masalasi ham Chavusho‘g‘lu bilan Lavrovning kun tartibida edi.

Chavusho‘g‘lu, Covid - 19 ga qarshi kurash asosida Rossiya bilan imzolangan shartnoma orqali, Turkiyada mushtarak vaksina ishlab chiqarilisihini qayd etdi.

Turkiya - Rossiya savdo munosabatlariga ham to‘xtalgan Chavusho‘g‘lu, Turkiyadan Rossiya (mavjud kvota to‘lgach) uchun ajratilgan pomidor eksporti kvotasining ortishini bildirdi.

Sergey Lavrov ham o‘z nutqida Rossiyada ishlab chiqarilgan mudofaa tizimi xarid qilib olgani bois AQShning Turkiyaga nisbatan sanksiya kiritishi qarori bo‘yicha, huquqsiz sanksiyalarga qarshi Anqara bilan harbiy - texnik ittifoqni davom ettirishlarini ifoda etdi.



Aloqador xabarlar