Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan Rossiyada

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan Rossiyada.

1553981
Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan Rossiyada

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Turkiya - Rossiya Federatsiyasi mushtarak strategik rejalash guruhining navbatdagi (8) yig‘ilishi uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi.

Chavusho‘g‘lu Twitter orqali mavzu haqida qoldirgan postida,

“Turkiya - Rossiya Federatsiyasi mushtarak strategik rejalash guruhining sakkizinchi yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida Sochidamiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yig‘ilishga Chavusho‘g‘lu bilan Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov yetakckhilik qiladi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan shu vaqtgacha berilgan bayonotda:

“Mushtarak strategik rejalash guruhi yig‘ilishida, ikkala mamlakat munosabatlaridan tashqari mintaqaviy va xalqaro masalalarning keng ko‘lamli ravishda qo‘lga olinishi ko‘zda tutilmoqda. Yig‘ilish yakunida Turkiya Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi Tashqi Ishlar vazirliklari o‘rtasida 2021 - 2022 istishora rejasi imzolanadi”. - deyildi.



Aloqador xabarlar