Erdo'g'an:"Pandemiya davrida davlat iqtisodiyoti murakkab sinovdan o'tmoqda"

Kecha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Erdo’g’an yig’ilishdan so’ng matbuotga bayonot berdi.

1545627
Erdo'g'an:"Pandemiya davrida davlat iqtisodiyoti murakkab sinovdan o'tmoqda"

 

Kecha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Prezident saroyida bo'lib o'tadigan yig’ilishda global xatar – koronavirusga qarshi olingan chora-tadbirlar va buning natijalari muhokama qilindi. Shuningdek, COVID-19 pandemiyasini nazorat qilish va kuzatish bo'yicha komissiya tavsiyalari ko'zdan kechirildi.

Qolaversa, koronavirusga qarshi vaksina va dori ishlab chiqarish bo’yicha faoliyatlar, dam olish kunlari joriy etilgan komendantlik soatini davom ettirish, pandemiya sharoitida ta'lim va iqtisodiyot bilan bog'liq masalalar atroflicha muhokama qilindi. Epidemiyaga qarshi qo’shimcha chora-tadbirlar olinib, yoki olinmasligi xususida fikr almashildi. Xitoydan keltiriladigan vaksinani amalda qo'llash bo'yicha tafsilotlar ham muhokama qilindi.

Prezident Erdo’g’an yig’ilishdan so’ng matbuotga bayonot berdi.

Ushbu mashaqqatli davrda davlat iqtisodiyoti o’ta murakkab sinovdan o’tayotganligini aytgan Erdo’g’an: “Xalqimizdan bizga va davlatimizning iqtisodiy kuchiga ishonishini iltimos qilaman”,-dedi.

“Turkiya pandemiyadan keyingi jarayonda yana ham chidamli va raqobatbardosh global kuchga aylanishi yo’lida qat’iy irodaga ega”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Erdo’g’an kelgusi davrda ayniqsa, yoshlar va ayollarni ish bilan ta’minlash bo’yicha siyosat olib borishini va yuqori ko’rsatgichlarga erishish yo’lida aniq qadamlar tashlashini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Rajap Tayyip Erdo’g’an , #Turkiya

Aloqador xabarlar