Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjon poytaxti Bokuda

Prezident Erdo‘g‘an bugun Ozarbayjonning Armaniston ishg‘olidagi tuproqlarining qutqarilishi munosabati bilan uyushtiriladigan “G‘alaba namoyishi”da ishtirok etadi.

1543005
Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjon poytaxti Bokuda

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Armaniston ishg‘olidagi tuproqlarining qutqarilishi munosabati bilan uyushtiriladigan “G‘alaba namoyishi”da ishtirok etish uchun poytaxt Bokuda.

Kechadan beri Ozarbayjonda bo‘lgan Prezident Erdo‘g‘an bugun avvalom bor Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan birgalikda Haydar Aliyev qabrini ziyorat qildi. 

Ortidan Ozarbayjon va Turk shahidliklarini ham ziyorat qilgan ikki prezident birgalikda “G‘alaba namoyishi” marosimida ishtirok etadi.

Prezident Erdo‘g‘an uchun Yoshlar saroyida rasmiy kutib olish marosimi uyushtiriladi.

Uchrashuvlar ortidan ikkala lider, kun tartibini baholash maqsadida matbuot anjumani uyushtiradi.



Aloqador xabarlar