Erdo'g'an:“Maqsadimiz mamlakatimizni milliy texnologiyalar bazasiga aylantirishdir”

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiyaning 4-Sanoat markazi ochilishiga videoaloqa shaklida ishtirok etdi.

1542956
Erdo'g'an:“Maqsadimiz mamlakatimizni milliy texnologiyalar bazasiga aylantirishdir”

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiyaning 4-Sanoat markazi ochilishiga videoaloqa shaklida ishtirok etdi.

Jahon iqtisodiy forumiga bog’liq ravishda tashkil etilgan 4-Sanoat markazi tarmog’iga Turkiya joriy yilda qo’shilganligini ta’kidlagan Erdo’g’an bu markaz Yevropa bo’yicha ikki markazdan biri ekanligini ma’lum qildi.

“Maqsadimiz mamlakatimizni milliy texnologiyalar bazasiga aylantirishdir”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Erdo’g’an epidemiya tufayli hanuz ko’zlangan maqsadga erishilmagan bo’lsa-da ushbu markazda olib boriladigan faoliyatlar iqtisodiy jihatdan jamiyat hayotida muhim ro’l o’ynashiga ishonchi komil ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, ilk sanoatlashuv jarayonidan (1760 yillarda boshlanib, 1830 yillargacha davom etgan) shu kungacha texnologiya insonlar, jamiyatlar va davlatlar hayotida muhim ro’l o’ynashi barchani yana ham qat’iy sanoatlashuv jarayoniga yetaklaganligini tilga oldi.

Turkiya endilikda bunday tarixiy jarayonni orqadan kuzatib keladigan emas, balki yetakchilik qiladigan davlatga aylanganligini ta’kidlagan Erdo’g’an, Turkiyaning 4-Sanoat markazi maqsadlarga erishish yo’lida muhim qadam bo’lishidan umidvorligini tilga oldi.


Tanlangan kalimalar: #Rajap Tayyip Erdo’g’an , #Turkiya

Aloqador xabarlar