Turkiya va Ukraina o'rtasida erkin savdo shartnomasi imzolanadi

Ukraina savdo vaziri o’rinbosari Taras Kachka Ukraina bilan Turkiya o’rtasida erkin savdo shartnomasiga zarurat borligini ma’lum qildi.

1542033
Turkiya va Ukraina o'rtasida erkin savdo shartnomasi imzolanadi

 

Ukraina savdo vaziri o’rinbosari Taras Kachka Ukraina bilan Turkiya o’rtasida erkin savdo shartnomasiga zarurat borligini ma’lum qildi.

“Ukraina bilan Turkiya o’rtasida erkin savdo shartnomasini tuzish uchun siyosiy jihatdan imkoniyatimiz bor”,-deydi Ukraina savdo vaziri o’rinbosari.

Vazir bu haqda Ukraina rasmiy xabar agentligi Ukrinformga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina bilan Turkiya o’rtasida erkin savdo shartnomasini tuzish bo’yicha amaliy va siyosiy jihatdan muzokaralar olib borilmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Turkiyaga tashrifi chog’ida ko‘lami va ahamiyati katta bo‘lgan kelishuvlarga erishildi.

“Hozirda ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar bo’yicha qo’lga kiritilgan yutuqlar juda katta. Bu jihatdan ijobiy ko’rsatgichga egamiz. Global xatar – koronavirusga qaramay, o’zaro savdo hajmimiz oshib bormoqda. Nafaqat Ukrainaning, balki Turkiyaning ham kelishuvga ehtiyoji bor. Kelishuv tuzish uchun siyosiy jihatdan juda katta imkoniyatga ega ekanimizni tushunib turibmiz. Biroq, metallurgiya, bug’doy va investitsiya bo’yicha muvozanatni o’rnatishimiz zarur”,-deb aytgan Ukraina savdo vaziri o’rinbosari Taras Kachka.

Transport yo’llarini qurishdan tortib, telekommunikatsiyagacha bo’lgan juda ko’plab sektorda Ukrainada xizmat ko’rsatayotgan turk firmalari soni oshib borayotganligini aytgan Taras Kachka ikki davlat o’rtasida erkin savdo shartnomasi kuchga kirishi bilan turk firmalarining investitsiyalari ko’lamini oshirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

 


 


Tanlangan kalimalar: #erkin savdo shartnomasi , #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar