Prezident Erdo‘g‘an, Eron xalqi va Faxrizodaning oilasiga ta’ziya izhor etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqat qildi.

1539322
Prezident Erdo‘g‘an, Eron xalqi va Faxrizodaning oilasiga ta’ziya izhor etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqat qildi.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Turkiya – Eron munosabatlarini mustahkamlash say – harakatlari qo‘lga olingan muloqat chog‘ida, mintaqaviy masalalar ham baholangan.

Prezident Erdo‘g‘an muloqatda, eronlik olim Muhsin Faxrizoda uchragan manfur suiqasd natijasida halok bo‘lishidan qanchalik qayg‘uda ekanligini ifoda etgan holda, qardosh Eron xalqi va Faxrizodaning oilasiga ta’ziya izhor etgan.

Suiqasdga qo‘l urilgan vaqtga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an, hujumning mintaqa tinchligi va huzurini nishonga olgani lekin mintaqani barqarorsizlikka yetaklashni xohlagan qorong‘u muhit umidlarining yana bir bor puchga chiqarilishiga ishonchi komil ekanini ta’kidlagan.

Prezident Erdo‘g‘an Tog‘li Qorabog‘ masalasida yangi davrga kirilganini eslatib o‘tgan holda, bu davrda ham Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va mustaqilliga soya tushiradigan har qanday harakatdan qochinilishi muhim ekanligi, bir umrlik tinchlik va barqarorlikning yangi imkon panjaralar ochishini, buning Armaniston doxil barcha mintaqa davlatlarning foydasiga bo‘lishini ifoda etgan.



Aloqador xabarlar