Turkiyada zilzila qurbonlari soni 115 nafarga yetdi

Ma’lumotga ko’ra, zilzila qurbonlari soni 115 nafarga yetgan, jarohatlanganlar soni esa, 1034 nafarni tashkil qilmoqda. Ulardan 1011 nafari davolandi, 23 nafari hamon shifoxonada davolanmoqda.

1524165
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 115 nafarga yetdi

 

Turkiyaning Izmir shahrida ro’y bergan zilzila qurbonlari soni 115 nafarga yetdi.

Bu haqda Turkiya hukumati huzuridagi Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, zilzila qurbonlari soni 115 nafarga yetgan, jarohatlanganlar soni esa, 1034 nafarni tashkil qilmoqda. Ulardan 1011 nafari davolandi, 23 nafari hamon shifoxonada davolanmoqda.

Eslatish joizki, 30 oktyabrda Egey dengizi sohilida joylashgan Seferihisar tumaniga 17 km masofada 6.6 bal zilzila ro’y bergandi. Uning kuchi Afina va Istanbulda ham sezilgandi. Izmirda 20 dan ortiq ko’p qavatli bino qulab tushgandi.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar