Ozarbayjon imkon qadar Turkiyaga yordam berishga tayyor

Aliyev Prezident Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilib, Ozarbayjonning imkon qadar Turkiyaga yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.

1518986
Ozarbayjon imkon qadar Turkiyaga yordam berishga tayyor

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilib, Izmirning Seferihisar tumanida yuz bergan yer silkinishi tufayli yordamga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Ozarbayjon Prezidentlik apparati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Aliyev Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyat tufayli chuqur qayg‘uda ekanliklarini bildirgan shuningdek, hamdardligini yetkazgan.

Aliyev har doim bo‘lganidek do‘st va qardosh Turkiyaning yonida ekanliklarini ta’kidlagan holda, Ozarbayjonning qardosh o‘lkaga imkon qadar yordam berishga tayyor ekanliklarini qayd etgan.

Erdo‘g‘an ham qo‘ng‘iroq qilgani va hamdardlik bildirgani uchun Aliyevga minnatdorchilik bildirgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ozarbayjon , #Izmir

Aloqador xabarlar