Turkiyaning Izmir shahri Seferihisar tumanida 6.6 bal zilzila ro’y berdi

30 oktyabr soat 14:51da Egey dengizi sohilida joylashgan Seferihisar tumaniga 17 km masofada yuzaga kelgan zilzila Istanbul, Edirne, Kirklareli va Tekirdag’ viloyatlarida ham sezilgan.

1518883
Turkiyaning Izmir shahri Seferihisar tumanida 6.6 bal zilzila ro’y berdi

 

Turkiyaning Izmir shahri Seferihisar tumanida 6.6 bal zilzila ro’y berdi.

Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lum qilishicha, zilzila bugun, 30 oktyabr soat 14:51da Egey dengizi sohilida joylashgan Seferihisar tumaniga 17 km masofada yuzaga kelgan. Zilzila o’chog’i yerning 16.54 km tubida joylashgan.

“Hozircha qurbonlar va yarador bor yoki yo’qligi haqida bizga biron ma’lumot berib tushmadi”,-deb ma’lum qilgan Izmir shahar meri Ko’shger.

Zilzila qo’shni tuman Bayroqlida ham sezilgan. Ushbu tumanda bir bino qulab tushgan. Hatto, zilzilaning kuchi Istanbulda ham sezilgan.

Istanbul meri Ali Yerlikaya bu haqda internet tarmoqlari orqali ma’lum qilgan.

“Istanbulda ham sezilgan zilzila tufayli hozircha biron noxush xabar olinmadi. Barcha fuqarolarimiz va Izmir xalqi uchun o’tib ketgan bo’lsin!”,-deb aytgan Ali Yerlikaya.

Ma’lumotga ko’ra, 6.6 balni tashkil qilgan zilzila Edirne, Kirklareli va Tekirdag’ viloyatlarida ham sezilgan.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Seferihisar , #Izmir , #Turkiya

Aloqador xabarlar