TQKning terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1512524
TQKning terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda

Iroqning shimolida PKK terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Panja – Qaplon amaliyotida, Iroqning shimolidagi Haftanin mintaqasida aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist bilan Zabdagi 3 PKK terror tashkiloti a’zosi havo amaliyoti orqali yo‘q qilindi”. - deyildi.

Bayonotda, oxirgi terrorist yo‘q qilingunga qadar amaliyotlarning davom etishi ta’kidlandi.

Milliy razvedka tashkiloti (MRT) ma’lumoti asosida uyushtirilgan amaliyotda esa, qidiruvdagi terroristlar ro‘yhatining qizil rangdagi kategoriyaga kiritilgan PKK terror tashkilotining Metina razvedkasidan mas’ul ekani iddio etilgan Ahmet Bal yo‘q qilindi.  



Aloqador xabarlar