Chavusho‘g‘lu, Bayramov va Lavrov bilan Qorabog‘ masalasini qo‘lga oldi

Mevlut Chavusho‘g‘lu diplomatik uchrashuvlarda Yuqori Qorabog‘, Armanistonning o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvini paymoli, tinch aholini nishonga olib Terterdagi dafn marosimiga qarshi uyushtirgan hujumlarini qo‘lga oldi.

1510138
Chavusho‘g‘lu, Bayramov va Lavrov bilan Qorabog‘ masalasini qo‘lga oldi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan telefon orqali muloqat qildi.

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko‘ra Chavusho‘g‘lu bilan Bayramov, “Yuqori Qorabog‘” masalasini qo‘lga olgan.

Chavusho‘g‘lu shuningdek Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqat qildi.

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko‘ra Mevlut Chavusho‘g‘lu kasbdoshi Sergey Lavrov bilan Yuqori Qorabog‘, Armanistonning o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvini paymoli, tinch aholini nishonga olib Terterdagi dafn marosimiga qarshi uyushtirgan hujumlarini qo‘lga olgan.

Armaniston va Ozarbayjon, Rossiya poytaxti Moskvadagi uchrashuvlarda 10 – oktabr haftaning shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 dan e’tiboran Tog‘li Qorabog‘dagi jasadlar bilan asirlarning almashilishini ko‘zda tutgan holda o‘q uzishni to‘xtatish haqida qaror qabul qilgandi.

Lekin Armaniston qo‘shini o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvidan 24 soat o‘tmay Ozarbayjonning Ganja shahriga qarshi raketalar orqali hujum uyushtirdi va oqibatida tinch aholidan 9 kishi vafot etar ekan, 34 kishi tan jarohati oldi.

Armaniston qo‘shinining kecha Ozarbayjonning Terter shahridagi dafn marosimi uchun qabristonga borgan tinch aholiga qarshi uyushtirgan hujmida esa yana 4 kishi vafot etib, 4 kishi tan jarohati oldi.

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Chexiya Tashqi Ishlar vaziri Tomas Petrejek va Latviya Bosh vaziri o‘rinbosari va mudofaa vaziri Artis Pabriks bilan ham telefon orqali muloqat qildi.



Aloqador xabarlar