Prezident Erdo‘g‘an Qatarda

Prezident Erdo‘g‘an Quvaytga bo‘lgan tashrifi ortidan hozirda Qatarda.

1504732
Prezident Erdo‘g‘an Qatarda

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an o‘tgan hafta vafot etgan Quvayt Amiri Saboh al – Ahmad al – Jobir as – Sabohning vafoti tufayli Quvaytga tashrif buyurib, ta’ziya izhor etdi.

Prezident Erdo‘g‘an, “TUR” xususiy uchoq orqali Turkiya vaqti bilan soat 12:15 da Quvaytda bo‘ldi.

Prezident Erdo‘g‘an Quvayt Amirlik aeroportida Quvayt Amiri Shayx Navof al – Ahmad al – Jobir as – Saboh va hamrohligidagi hay’at va Turkiyaning Quvaytdagi elchisi Ayshe Hilal Sayan Koytak va boshqa rasmiylar tomonidan kutib olindi.

Quvayt Amirligi vazifasini o‘tgan hafta qabul qilib olgan Shayx Navof al – Ahmad al – Jobir as – Saboh bilan uchrashgan Erdo‘g‘an, ta’ziya izhor etdi.

Erdo‘g‘an Quvaytga bo‘lgan tashrifi ortidan “TUR” xususiy uchoq orqali Turkiya vaqti bilan soat 14:20 da Qatarga qarab yo‘l oldi.

Prezident Erdo‘g‘an Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al – Soniy bilan uchrashdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan al – Soniyning unda ikkala o‘lka o‘rtasidagi mavjud hamkorlikning yana – da rivojlantirilishi imkonlarini baholashlari shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalarda fikr almashishlari kutilmoqda.

Poytaxt Dohadagi Dengiz saroyida 1 soat 10 daqiqa davom etgan o‘zaro uchrashuv, matbuotga yopiq ravishda amalga oshdi.


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdo‘g‘an , #Qatar , #Quvayt

Aloqador xabarlar