Erdo'g'an Armanistonning Ozarbayjonga qarshi hujumiga munosabat bildirdi

"Ozarbayjonga nisbatan takror hujum qilgan Armaniston mintaqada tinchlik va farovonlikka tahdid solayotganligini yana bir bor namoyon qildi. Turk xalqi har doimgidek Ozarbayjon qardoshlarini yolg'iz tashlab qo'ymaydi",-deb aytgan prezident Erdo'g'an.

1498094
Erdo'g'an Armanistonning Ozarbayjonga qarshi hujumiga munosabat bildirdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Armanistonning Ozarbayjonga nisbatan sodir etgan hujumiga munosabat bildirdi.

"Ozarbayjonga nisbatan takror hujum qilgan Armaniston mintaqada tinchlik va farovonlikka tahdid solayotganligini yana bir bor namoyon qildi. Turk xalqi har doimgidek Ozarbayjon qardoshlarini yolg'iz tashlab qo'ymaydi",-deb aytgan prezident Erdo'g'an twitterda.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bu haqda twitter orqali quyidagilarni tilga oldi:

"Armanistonning tahdid va hujumlariga nisbatan zarur chora ko'ra olmagan xalqaro hamjamiyat ikki yuzlamachi ekanligini yana bir bor ko'rsatdi. Taxminan 30 yildan buyon vazifasini suiste'mol qilgan Minsk uchligi (Rossiya, AQSh va Fransiya) afsuski masalaga yechim topishdan ojiz. Arman xalqini o'z kelajagini o'zi boshqarishga chaqirar ekanmiz, butun dunyoni ishg'olga va zulmga qarshi kurashda Ozarbayjonni qo'llab-quvvatlashga chaqiramiz".

"Bugun telefon orqali muloqot qilgan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga aytganimdek, Turkiya "bir millat, ikki davlat" tamoyilishi asosida ozarbayjonlik qardoshlari bilan hamjihatlikni davom ettiradi",-deb ilova qiladi Turkiya prezidenti.

 


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar