Erdo’g’an Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muloqot qildi

Ikki yetakchi suhbat chog’ida Turkiya-Fransiya munosabatlari, Turkiya-Yevroittifoq munosabatlari, shuningdek sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolarni muhokama qildi.

1495647
Erdo’g’an Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, ushbu muloqot Makronning taklifiga binoan amalga oshirilgan.

Ikki yetakchi suhbat chog’ida Turkiya-Fransiya munosabatlari, Turkiya-Yevroittifoq munosabatlari, shuningdek sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolarni muhokama qildi.

Erdo’g’an sharqiy O’rta yer dengizidagi taranglikning asl sababi Turkiya va Kiprlik turklarning mintaqadagi qonuniy manfaatlarini ko’rmaslikka olish bilan bog’liq ekanligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Gretsiya va Janubiy Kipr Rum qismining taranglikni avj oldiruvchi tashabbuslari Fransiya tomonidan qo’llab-quvvatlanishini tushunish qiyin ekanligini ta’kidladi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Turkiya hech kimning haqqiga ko’z olaytirmaydi. Biroq, o’z haqqini boshqalarga yedirib qo’ymaydi. Har doimgidek, Turkiya muammoni hal qilish uchun muzokara va hamkorlik tarafdori.

Erdo’g’an keskinlikni to’xtatish uchun diplomatik imkoniyatlardan to’liq foydalanish, diplomatik muzokaralarni yo’lga qo’yish va mavjud muammolarni hamkorlikda hal qilish istagini tilga oldi.

Bu jarayonda Fransiyaning aql bilan ish yuritishidan umidvorligini tilga olgan Erdo’g’an, Turkiya va Fransiya o’rtasida maslahatlashuv va aloqa mexanizmini yo’lga qo’yish zarurligini ilgari surdi.

Erdo’g’an Yevropa Ittifoqi sammitida Turkiyaga doir muzokara va hamkorlikka jalb etuvchi qaror qabul qilinishi mintaqaviy masalalarni hal qilish imkoniyatlari jihatidan o’ta muhim ekanligini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar