Erdo'g'an:"COVID-19ga qarshi vaksinani 2021 yil yanvarda tarqatishni rejalayabmiz"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bugun bo'lib o'tgan vazirlar kengashi yig'ilishidan so'ng bayonot berdi.

1494801
Erdo'g'an:"COVID-19ga qarshi vaksinani 2021 yil yanvarda tarqatishni rejalayabmiz"

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bugun bo'lib o'tgan vazirlar kengashi yig'ilishidan so'ng bayonot berdi.

COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash kuchaytirilganligini ma'lum qilgan Erdo'g'an, qo'lga kiritilgan tajribalarga ko'ra, yangi strategiyalar ishlab chiqilganligini ta'kidladi.

"Koronavirusga qarshi 8ta vaksinadan 2 nafari hayvonlar ustida sinab ko'rildi. Bu sinov muvaffaqiyatli yakunlandi. Vaksinani 2021 yilning birinchi oylarida tarqatishni rejalayabmiz",-deb aytgan Turkiya prezidenti.

"Turkiya epidemiya tarqala boshlagandan buyon olingan chora-tadbirlar va bemorlarga ko'rsatilayotgan beqiyos xizmatlar jihatidan dunyoda namunali davlatlardan biri bo'ldi",-deb aytgan Erdo'g'an shu kunlarda kafe va restoranlarni nazorat qilish, izolyatsiyada bo'lgan bemorlarni kuzatish, 65 yoshdan kattalar uchun ba'zi cheklovlarni joriy etish kabi chora-tadbirlar kuchaytirilishini bildirdi.

"Chora-tadbirlarni insonlarga qiyinchilik tug'dirish uchun emas, balki xalqimiz salomatligini saqlashdir",-deb ilova qiladi prezident Erdo'g'an.

 

 



Aloqador xabarlar