“Tinchlik bulog‘i” va “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan hududlarda 11 terrorist yo‘q qilindi

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

1491206
“Tinchlik bulog‘i” va “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan hududlarda 11 terrorist yo‘q qilindi

Suriyada, “Tinchlik bulog‘i” va “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan hududlarga qarshi ig‘vogar tusda o‘q uzib, mintaqaga sizib kirishga uringan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 11 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, “Tinchlik bulog‘i” va “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan hududlarda tinchlik va xavfsizlik muhitining buzilishiga ruxsat berilmasligi qayd etildi.

Unda,

“Tinch va xavfsiz muhitni buzish uchun Tinchlik bulog‘i va Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan hududlarga qarshi ig‘vogar tusda o‘q uzgan va mintaqaga sizib kirishga uringan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 11 terrorist, qahramon askarlarimiz tomonidan yo‘q qilindi. Mintaqada tinchlik va xavfsizlik muhitining buzilishiga yo‘l qo‘ymaymiz.” degan ifodalarga o‘rin berildi.  



Aloqador xabarlar