Turkiya AQShning Kiprning grek qismiga qurol sotishni maqullagan qarorini qoraladi

Turkiya Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kiprning grek qismiga qurol sotishni maqullagan qarorini qoraladi.

1483404
Turkiya AQShning Kiprning grek qismiga qurol sotishni maqullagan qarorini qoraladi

Turkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kiprning grek qismiga nisbatan qurol embargosini bekor qilish harakatini, ittifoq davlat ruhiga to‘g‘ri kelmasligini qayd etdi.  

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, AQShning Kiprning grek qismiga nisbatan qurol sotishni taqiqlagan qarorni bekor qilish haqidagi bayonotning, orolda yashagan ikki xalq (turklar bilan greklar) o‘rtasidagi tenglik va muvozanatning hisobga olinmasligidan iborat ekanligi ta’kidlandi. 

Bu qarorning Kipr muammosini hal qilish say – harakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ham eslatib o‘tilgan bayonotda,

“Sharqiy O‘rta yer dengizidagi taranglikni kamaytirish say – harakatlari paytida AQShning mintaqadagi tinchlik va barqarorlik muhitini zaharlagan bunday qarorga qo‘l qo‘yishi, ittifoq davlat ruhiga to‘g‘ri kelmaydi.” deyildi. 

Bayonotda shuningdek,

“AQShning bu qarorini yana bir bor ko‘rib chiqishi shuningdek, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun say – harakatlarni qo‘llab – quvvatlashini kutamiz. Aks holda Turkiya, kafil mamlakat sifatida, huquqiy va tarixiy javobgarchligiga muvofiq Kipr turklarining xavfsizligini kafolatga olish uchun kerakli javob sifatida qarorlilik bilan qadam tashlaydi.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Aytib o‘tish joizki AQSh Kiprning grek qismiga 1987 – yildan beri qurol sotishni taqiqlagandi.  

 

 



Aloqador xabarlar