Erdo’g’an:“Turk xalqi boshqalarning haqqiga ko’z olaytirmaydi"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Giresun portida dengiz mahsulotlari ovlash (2020-2021) mavsumining ochilish marosimida ma'ruza qildi.

1482465
Erdo’g’an:“Turk xalqi boshqalarning haqqiga ko’z olaytirmaydi"

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an: “Turk xalqi na boshqalarning haqqiga ko’z olaytiradi, na o’z haqqini boshqalarga yediradi”,-dedi.

Erdo’g’an bu so’zlarni Giresun portida dengiz mahsulotlari ovlash (2020-2021) mavsumining ochilish marosimida so’zlagan nutqida tilga oldi.

Bu yil dengizlardan xushxabarlar kelishidan umidvorligini tilga olgan Erdo’g’an shunday dedi:

“Qora dengizda 320 mlrd kub metr hajmida tabiiy gaz koni topilishi dengizning nafaqat ichida, balki ostida ham baraka borligini ko’rsatadi. “Oruch Reis” kemamiz sharqiy O’rta yer dengizidagi seysmologik tadqiqot faoliyatlarini qat’iy davom ettirmoqda. Umid qilamanki, yaqin kunlarda O’rta yer dengizidan ham Qora dengizdagi kabi yaxshi xabarlar keladi”.

“Turk xalqi na boshqalarning haqqiga ko’z olaytiradi, na o’z haqqini boshqalarga yediradi. O’rta yer dengizi va Egeyda qaroqchilikka aslo ko’z yummaymiz. O’rta yer dengizida eng uzun sohillarga ega bo’lgan mamlakatimizni hech kim Antaliya sohillariga o’xshatmasin! Xalqimizning va Kiprdagi turklarning dengizlardagi manfaatini himoya qilishda qat’iy irodaga egamiz. Turkiyaga qarshi qo’rslik qilganlarni o’z tarixini qayta o’qishini tavsiya qilaman!”,-deb ilova qiladi Turkiya prezidenti.


Tanlangan kalimalar: #Rajap Tayyip Erdo’g’an , #Turkiya

Aloqador xabarlar