Turkiya Norvegiyadagi Qur’on – i Karimga bo‘lgan hurmatsizlikni qoraladi

Turkiya Norvegiyada bir guruh islom dushmani bilan irqchining Qur’on – i Karimga bo‘lgan hurmatsizligini qoraladi.

1481975
Turkiya Norvegiyadagi Qur’on – i Karimga bo‘lgan hurmatsizlikni qoraladi

Turkiya Norvegiyada bir guruh islom dushmani bilan irqchining Qur’on – i Karimga bo‘lgan hurmatsizligini qoraladi.

Tashqi Ishlar vazirligi bu haqida yozma ravishda bayonot berdi va unda:

“Norvegiyada bir guruh islom dushmani bilan irqchining Qur’on – i Karimga bo‘lgan hurmatsizligini keskin qoralaymiz. Har doim ta’kidlaganimizdek bunday provokativ tusdagi harakatlar nafaqat musulmon balki huquq davlatlari bilan demokratik tizimlarni ham nishonga olmoqda. Bu natsist ko‘z qarashlar jamiyatni huddi bir virusdek o‘rab, unga ziyon bermoqda.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

“Xasta ko‘z qarashlarga qarshi faqatgina bunday fikrlarni yoygan populist siyosatchilarni yakkalash orqaligina kurashish mumkin.” deyilgan bayonotda, irqchilik va islom dushmanligining ifoda erkinligi doirasida qabul qilinishi nihoyatda noto‘g‘ri ekanligi ta’kidlandi.  

Bayonotda, eng asosiy siyosiy partiyalarning ham (saylovda ko‘proq) ovoz olish uhcun irqchi mazmundagi so‘zlarga to‘siqlik qilmasligi yoki qisman qo‘llab – quvvatlashi jiddiy ravishda xavf tashkil etganiga e’tibor qaratilgan holda,

“Turkiya har doim fashist irqchi oqimlarga qarshi o‘z kurashini davom ettiradi. Shu doirada yevropalik siyosatchilar bilan Yevropa tashkilotlariga ham bu xavfni jiddiyga olib, bunga qarshi kurash olib borishga chaqiramiz. Afsuski, muqaddas kitobimizga qarshi uyushtirilgan bunday say – harakatlar ayniqsa demokratiya, inson huquqlari va huquqning ustivorligi masalasida eng oldingi qatorda ekanligi iddio etilgan skandinaviya o‘lkalarida oxirgi bir necha yilda ortdi. Noyabr oyidagiga o‘xshagan bunday voqealarning takrorlanmasligi uchun Norvegiya yetakchiligini kerakli chora va tadbirni ko‘rishini kutamiz.” deyildi.

Eslatib o‘tamiz,

Norvegiya poytaxti Osloda islom diniga qarshi o‘ta ong qanot ko‘z qarashdagi bir guruh tomonidan kecha parlament oldida uyushtirilgan harakatlar oqibatida Qur’on – i Karim yirtildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qur’on – i Karim , #Norvegiya

Aloqador xabarlar