Turkiya Afg’oniston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

"Sel falokatida halok bo'lganlarni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin! Yaradorlarga shifo tilaymiz! Do'st va qardosh Afg'oniston hukumati va xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz",-deyiladi bayonotda.

1480236
Turkiya Afg’oniston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

 

Turkiya Afg’onistonda ro’y bergan sel falokatida ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Afg’oniston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

"Afg'onistonning bir qator viloyatlarida sodir bo'lgan sel falokatida 100dan ortiq inson halok bo'lganligidan boxabar bo'ldik. Sel falokatida halok bo'lganlarni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin! Yaradorlarga shifo tilaymiz! Do'st va qardosh Afg'oniston hukumati va xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz",-deyiladi bayonotda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #hamdardlik , #Afg'oniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar